Fashizm va kommunizmni AQSH mag‘lub etgan – Tramp

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar ikkita jahon urushida g‘alaba qozondi, "fashizm va kommunizmni mag‘lub etdi". Bunday fikrni AQSH Prezidenti Donald Tramp Viskonsindagi tarafdorlari oldida so‘zlar ekan, bildirib o‘tdi.

“Biz okeanlarni yorib o‘tgan, qit’ani mahv qilgan, yovvoyi tabiatni zabt etgan, temir yo‘llar yotqizgan, baland osmono‘par binolar qurgan, ikkita jahon urushida g‘olib chiqqan, fashizm va kommunizmni mag‘lub etgan va Amerikani dunyo tarixidagi yagona buyuk davlatga aylantirgan amerikalik qahramonlarga ishonamiz. Barchasi hali oldinda!", deya ta’kidladi siyosatchi.

Iyun oyida Tramp AQSH qurolli kuchlari ham fashizmga, ham kommunizmga zarba bergani haqida gapirgan edi. Davlat rahbari na o‘shanda va na so‘nggi chiqishida Sobiq Ittifoqning natsizmni mag‘lub etishdagi roli haqida gapirmagan.

8 may kuni Oq uy Instagram’da Tramp Vashington shahridagi Ikkinchi Jahon urushi yodgorligiga gulchambar qo‘yayotgani tasvirlangan videoni joylashtirdi va: "1945 yil 8 may kuni AQSH va Buyuk Britaniya natsizmni mag‘lub etdi. Amerika ruhi doimo g‘alaba qozonadi", deya izoh qoldirgan edi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSHning fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabada Sobiq Ittifoqning rolini pasaytirishga urinishidan g‘azablanishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp

Baholaganlar

260

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing