Farzandlarim uchun g‘alaba qozonishni maqsad qilganman – Xolifild
Sport
−
11 Sentabr 2021 3707 1 daqiqa
Birinchi og‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Evander Xolifild UFC sobiq chempioni Vitor Belfort bilan bo‘ladigan jang haqida gapirdi. Ushbu bahs AQSHning Florida shtatida 11 sentyabr voqealarining 20 yilligi munosabati bilan tashkil etilmoqda.
“Bolalarim birinichi marta ringda kaltaklanishimni qabul qila olmasliklarini aytganida, ular uchun g‘alaba qozonishni maqsad qilganman. Men zarbalarga tayyor bo‘lganim sababli ham jangga chiqaman. Boksda o‘zini himoya qila olish juda muhim. Zarba qabul qilishni o‘rganmaguningizcha, hech qachon kuchli bokschi bo‘la olmaysiz. Men buni juda yaxshi tushunaman”, deydi Xolfild.
Qayd etish kerakki, kechada Belfort bilan Oskar de la Xoyya jang qilishi rejalashtirilgandi, biroq meksikalik bokschi koronavirusga chalinishi oqibatida Xolifild varianti tasdiqlandi.
Xolifild va Belfort o‘rtasidagi duel ko‘rgazma janglari maqomini oladi va statistikalar ro‘yxatiga kirmaydi. Ushbu jangni AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp sharhlab boradi.
Eslatib o‘tamiz, 58 yoshli Evander Xolifild faoliyati davomida 57 ta jang o‘tkazib, 44 marta g‘alaba qozongan (shulardan 29 tasini nokaut bilan), 10 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Vitor Belfort esa yarimog‘ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni hisoblanadi. 44 yoshli braziliyalikning hisobida 26 g‘alaba va 14 mag‘lubiyat bor. U 2018 yilda professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan.
Live
Barchasi