Farg‘onada qariyb 100 kishiga noqonuniy maosh to‘langani aniqlandi
Jamiyat
−
15 fevral 2019
9264Farg‘ona viloyatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida xodimlarning hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi o‘rganilganda 100 ga yaqin ishchilar hisobotlarda ko‘rsatilmagani, ya’ni, “konvert” usulda oylik maosh olgani aniqlandi, deya xabar berdi Farg‘ona viloyat Davlat soliq boshqarmasi.
Xususan, Farg‘ona shahri markazida joylashgan “Farg‘ona Zafar Kamol” xususiy korxonasiga tegishli savdo shoxobchasi hisobotlarida 7 nafar xodim ishlayotganini ko‘rsatib kelgan. Soliq idorasi tomonidan o‘tkazilgan tadbir chog‘ida korxona 13 nafar norasmiy ishchisiga “konvert” usulida maosh berib kelayotgani aniqlangan.
“Abdullayev Olimjon hamkor” xususiy korxonasi esa 3 nafar norasmiy ishchiga “konvert” usulda oylik to‘lab kelgan.
O‘zA xabarida qayd etilishicha, Farg‘onada hujjatsiz faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi