Farmatsevtika agentligiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2023 10964 1 daqiqa
Bugun, 27 oktyabr kuni Azizov Abdulla Abdusalomovich Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Abdulla Azizov bunga qadar Davlat Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Ushbu tayinlovga qadar esa u "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ boshqaruvi raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 oktyabr kuni O‘zbekistonning Shvetsiya va Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchilari tayinlangandi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart