“Organ rahbarlari” fuqarolarni 574,6 mln so‘mga “uxlatdi”
3-sahifa
−
12:49 1992 1 daqiqa
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida fuqarolarning 574,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar A.B. va M.B. o‘zlarini go‘yoki “Vatanparvar” MFY hududidagi 29-sonli uy boshqaruv organi rahbari sifatida tanishtirgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, ular mazkur uyda yashovchi fuqarolardan jami 574,6 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda qalbakilashtirilgan guvohnoma va ma’lumotnomalar yordamida 12 nafar fuqaro nomiga jami 783 million so‘mlik kredit rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi