Rasman: Shuhrat G‘aniyev ishdan olinmadi, qat’iy ogohlantirildi
Jamiyat
−
30 Sentabr 2019
15253Avvalroq, bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning selektor yig‘ilishida soqol, ro‘mol masalasida bildirgan nutqining audio yozuvi e’lon qilingani muhokamalarga sabab bo‘layotgani, viloyat hokimi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining bunday harakati yuqori palata komissiyasida ko‘rib chiqilishi haqida Senat raisi Tanzila Norboyeva ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik.
QALAMPIR.UZ manbasining xabar qilishicha, bugun, 30 sentyabr kuni Oliy Majlisi Senatining yig‘ilishida Farg‘ona viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G‘aniyev masalasi ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Shuhrat G‘aniyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan nutqi ikki kundan buyon jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilib kelinayotgani, uning xatti-harakatlari keng omma orasida e’tirozlarga va noroziliklarga sabab bo‘layotgani muhokama qilindi. Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev senatorlar qarshisida aybini tan oldi, unga qattiq ogohlantirish va 3 oy sinov muddati berildi.
LiveBarchasi