Farg‘onalik 2 yashar qizaloq 135 ta magnit sharchani yutib yubordi
Jamiyat
−
11 yanvar
4797Farg‘onalik 2 yoshli qiz qornidan 135 ta magnit sharcha olindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qizaloq magnit sharchalar bilan o‘ynab kelgan va shu jarayonda ulardan ancha-munchasini ichiga yutgan. Vaqt o‘tishi bilan sharchalar qornida yig‘ilib qolgan va uning hayotiga jiddiy xavf solgan.
Qizning ota-onasi zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filialiga murojaat qilgan. Tekshiruvlar o‘tkazilganida qorinning ikki yonida magnitlar yig‘ilib qolgani aniqlangan.
Shifokorlar konservativ usulda davolashga kirishib, qayd qildirish orqali sharchalardan 14 donasini chiqarib olgan, ammo aksariyati ichkarida qolib ketgan.
Vaziyat tezkor choralar ko‘rishni taqozo etgan. Shu bois ota-ona bolani Toshkentga, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelgan. Bu yerda go‘dak yana bir bor tekshiruvdan o‘tkazilgan va jarrohlik amaliyoti boshlab yuborilgan.
Shifokorlar sa’y-harakati bilan qizaloq qornidagi 135 ta magnit sharcha olingan.
“Ayni chog‘da u shifokorlar nazoratida o‘zini yaxshi his etmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Oqmola viloyati bolalar shifoxonasida jarrohlar besh soatlik murakkab operatsiyada 37 ta magnit sharni yutib yuborgan to‘rt yoshli bolaning hayotini saqlab qolgandi.
LiveBarchasi