Farg‘onaga sel keldi
Jamiyat
−
28 may 2022 19780 1 daqiqa
Kecha, 27 may kuni Farg‘ona tumanidagi Yordon qishlog‘iga soat 16:10 larda sel keldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qishloq hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida soy yo‘lidan sel oqimlari oqib o‘tgan. Natijada shu hududdagi avtomobil yo‘liga sel oqimlari o‘zi bilan qum-shag‘al, tuproq massasini olib kelgan.
“Voqea joyiga yetib borgan FVB hamda tegishli xizmatlar tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar to‘g‘risidama’lumotlar kelib tushmagan.
Live
Barchasi