Farg‘onadan uchgan samolyotning Samaraga favqulodda qo‘ndirilishiga o‘zbekistonlik sabab bo‘lgan

Jamiyat

image

Avvalroq, kecha, 15 oktyabrda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Farg‘onadan Moskvaga parvoz qilayotgan samolyoti Samaraning “Kurumoch” aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani haqida xabar bergan edik. Samolyotning favqulodda qo‘nishiga O‘zbekiston fuqarosining ahvoli og‘irlashgani sabab bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKga tegishli samolyot O‘zbekiston fuqarosi A.O.ning sog‘ligi holati keskin yomonlashgani sababli Samara shahri “Kurumoch” aeroportiga favqulodda qo‘ndi. 

Fuqaro 6-son Samara shahar shifoxonasiga joylashtirilgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, uning sog‘ligi holati barqarorlashgan va yaqin kunlarda unga ruxsat beriladi. 

Samolyot esa Moskvaga uchib, “Vnukovo” aeroportiga bir yarim soat kechikish bilan muvaffaqiyatli qo‘ndi. 

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga oldi hamda tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa o‘rnatdi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston havo yo'llari

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing