Farg‘onadagi qotillik yuzasidan IIV ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 8 may kuni Farg‘ona shahrida ikki fuqaro o‘rtasida janjal oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, shu shaharda yashovchi 51 yoshli A.K. Oriyat ko‘chasi oldida o‘zaro janjal oqibatida tanishi 43 yoshli A.E.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

IIV xabariga ko‘ra, natijada A.E. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. A.K. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing