Farg‘onadagi IIBda yosh yigit qo‘lini kesib yubordi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumani ichki ishlar bo‘limida yosh yigit qo‘lini kesgani haqidagi xabar tarqalgan. Farg‘ona viloyati IIB holat yuzasidan ramiy bayonot berdi. 

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, sodir etilgan talonchilik jinoyati bo‘yicha ushlangan M.I. joriy yilning 2 iyun kuni tergov harakatlari o‘tkazish uchun tuman IIBga olib kelinib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish uchun sudga olib ketilayotgan vaqtda qo‘l bilak sohasini kesib, o‘ziga jarohat yetkazgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Quva tumani ichki ishlar bo‘limiga suhbat uchun olib kirib ketilgan 20 yoshli yigitning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Ichki ishlar vazirligi marhumning yiqilib tushib vafot etgani to‘g‘risida bayonot bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

595

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing