Farg‘onadagi fojiada vafot etgan va jabrlanganlarning oilasiga moddiy yordam beriladi
3-sahifa
−
31 iyul 2023
7404Avvalroq Farg‘onadagi 4 qavatli binoning yerto‘lasida joylashgan karaoke kafesida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Mazkur hodisadan jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolarning oilasiga 10 million so‘mdan moddiy yordam ajratiladi. Bu bo‘yicha Xalq deputatlari Quva tuman kengashining maxsus qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, Quva tumani “Pastki Xonobod” MFYda yashagan, 18 yoshli marhum U.B., “Gumxona” MFYda yashagan, 18 yoshli marhum I.M.ning, shuningdek, “Bolalik” MFYda yashovchi, 18 yoshli Sh.X. hamda “Boyiston” MFYda yashovchi 18 yoshli J.Q. ning oilalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasida shakllangan pul mablag‘lari hisobidan (har bir oilaga) bir martalik 10 million so‘m miqdorida pul mablag‘i ajratiladi.
Shuningdek, mazkur qarorning ijro etilishini nazorat qilish tuman hokimining moliya- iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i (A.Siddiqov) zimmasiga yuklatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onadagi 4 qavatli binoning yer to‘lasida joylashgan karaoke kafesida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi. Tuzilgan hukumat komissiyasi bir hafta davomida vafot etganlarning oila a’zolariga hamda jabrlanganlarga tibbiy, moddiy, psixologik jihatdan yordam ko‘rsatishi belgilangan.
LiveBarchasi