Farg‘onadagi chegaraga 6 mlrd so‘mlik psixotrop dorilar tashlab ketildi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida 6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining kontrabandasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Quvasoy shahar “Polmon” MFY hududidan o‘tuvchi qismida noma’lum shaxslar tomonidan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qoldirib ketilgani aniqlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan jami 7 dona qutida umumiy qiymati 6 mlrd 19 mln 980 ming so‘mlik 53 ming 522 dona “Regapen” va 20 ming dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi va 2511-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dori vositalari egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin dori omborlari aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

kontrabanda DXX chegara Farg'ona Regapen giyohvandlik vositalari dorilar Zardeks

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing