Farg‘onadagi bozorda 25 ta do‘kon yonib ketdi
3-sahifa
−
01 fevral 2022
12687Bugun, 1 fevral kuni Farg‘ona viloyati, Quva tumanidagi savdo kompleksida yirik yong‘in yuz berdi. Yong‘inni o‘chirishga 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Bildirilishicha, soat 06:23da tumanning “G‘alaba” MFY, Bo‘ston ko‘chasida joylashgan Quva savdo kompleksida (bozor) taxminan 25 ta kiyim-kechak do‘konining tomi, shifti va ichki qismi yongan.
Yongin o‘chirish ekipajlari voqea joyiga soat 06:27da yetib borib, yong‘in 07:10da qurshab olinib, 07:37da o‘chirildi.
Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVBlari rahbar xodimlari va 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.