Farg‘onadagi bozorda yong‘in yuz berdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani markazida joylashgan “Yangi Bozor SMR” MCHJ savdo majmuasida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati FVB ma’lum qildi.

Kecha, 22 yanvar kuni soat 05:30 lar atrofida O‘zbekiston tumani “Bozor Yaypan” MFY, Ibn Sino ko‘chasida joylashgan “Yangi Bozor SMR” MCHJ savdo majmuasida yong‘in kelib chiqqan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inni kelib chiqishiga kuchli shamol va elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in tegishli kuch vositalar yordamida o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi hamda FVB xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

256

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing