Farg‘onada viloyat rahbariyatining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

Jamiyat

image

Endilikda viloyat rahbariyatining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha Farg‘onada yangi tizim bo‘lishi belgilandi. Bu haqda bugun, 12 iyul kuni Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Bildirilishicha, viloyat hokimining o‘zi va har bir o‘rinbosari, 19 ta tuman va shahar hokimi kuniga kamida 5 tadan tadbirkor va xorijiy investorni qabul qilib, ularning muammosini hal qiladi. 

Ular har hafta televideniye, radio orqali aholi va tadbirkorlarga bo‘layotgan o‘zgarishlarni aytib borishi belgilandi. Yil yakunida ularning faoliyati sarhisob qilinib, tegishli chora ko‘riladi.

Viloyat kengashi deputatlari ham komissiya tuzib, har bir raqamni nazoratga olishi muhimligi qayd etildi.

Qayd etilishicha, bu yil “Tashabbusli byudjet” doirasida Farg‘onadagi 266 ta loyihaga 340 milliard so‘m ajratilgan. Yig‘ilishda uch oydan beri ko‘plab loyihalar bo‘yicha hali amaliy ish boshlanmagani qattiq tanqid qilindi.

Shu oyning o‘zida “Tashabbusli byudjet”ga viloyat byudjetidan hozirgacha berilmagan mablag‘larni o‘tkazib berish topshirildi. Ta’kidlanishicha, buning hisobiga 35 ta mahalladagi elektr, gaz va yo‘l masalasi hal bo‘ladi.

Umuman, tumanlar mahalliy byudjetida mablag‘ni ko‘proq qoldirish maqsadida jismoniy shaxslardan daromad solig‘ini yarmini tuman byudjetida qoldirish masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing