Farg‘onada to‘y korteji uyushtirgan “shovvozlar” qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida yo‘l-harakati qoidalarini buzib, to‘y korteji uyushtirgan 14 nafar kuyovjo‘raga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ular joriy yilning 14 fevral kuni  viloyatning Toshloq tumani Yangiyo‘l mahallasida yo‘lning qatnov qismida to‘y korteji uyushtirgan. 14 nafar kuyovjo‘ra yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, harakatlanayotgan boshqa ishtirokchilarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan tartibbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik ) bilan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan va Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudiga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborilgan. Sud 14 nafar huquqbuzarga 3,5,7 sutkagacha bo‘lgan ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.   

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 22 yoshli kuyov to‘y korteji sababli 27 million 200 ming so‘m jarimaga tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

to'y korteji kuyovjo'ra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing