Farg‘onada traktor bilan to‘qnashgan Damas yo‘lovchisi vafot etdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida Damas va traktor o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, oqibatda Damas yo‘lovchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 19 may kuni fuqaro X.A. Damas rusumli avtomobilni Katta Qo‘shtepa qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan A.A. boshqaruvidagi “T-28” rusumli traktor bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda Damas yo‘lovchisi B.U. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'onada

Baholaganlar

71

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing