Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
3-sahifa
−
07 noyabr 2023
3869O‘zbekiston hududiga 500 dan ziyod pirotexnika vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Aytilishicha, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona nazoratini chetlab olib kirilayotgan dastlabki qiymati 76 mln so‘mga yaqin bo‘lgan jami 500 donadan ziyod “7SHOT” nomli pirotexnika vositalari fosh etilgan.
"500 dona mushak ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olinib, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda", deyiladi ushbu xabarda.
LiveBarchasi