Farg‘onada soxta IIB xodimi qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida o‘zini militsiya xodimi sifatida ko‘rsatgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Keltirilishicha, u militsiya xodimi kiyimini kiyib, maishiy xizmat ko‘rsatish do‘koniga kirgan. U yerda do‘kon egasining ehtiyotsizligidan foydalanib, 1 million 800 ming so‘mlik mobil telefonini o‘g‘irlab ketgan.

Shundan so‘ng u yana bir necha o‘g‘rilik sodir etgan. U go‘yoki leytenant sifatida odamlarning pul va telefonlarini o‘zlashtirgan. Yana bir holatda u go‘sht sotuvchi do‘konga formada kelib, qassobni 2 kg go‘shtga “uxlatgan”.

Undan maxsus leytenant unvoni, IIB xodimi kiyimi va qo‘l telefoni daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona soxta IIB xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing