Farg‘onada sifati kafolatlanmagan noqonuniy dori vositalari aniqlandi
3-sahifa
−
16 Oktyabr 2023 5285 1 daqiqa
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida fuqaroning xonadonidan 1 mlrd 406 mln so‘mlik noqonuniy dori vositalari va tamaki mahsulotlari topildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum kildi.
“Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limlari xodimlari viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan”, deyiladi Bojxona xabarida.
Unga ko‘ra, fuqaro T.V.ning xonadonida noqonuniy saqlanayotgan, xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari va tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan. 292 mingdan ziyod sifati kafolatlanmagan dori vositalari va 30 000 quti aksiz markalari bo‘lmagan tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati esa 1mlrd 406 mln so‘m ekani aytilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX hodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga kuchli ta’sir qiluvchi dorilar olib kirilayotgani aniqlandi
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr