Karimovga murojaatidan keyin qamalgan o‘qituvchi Mirziyoyev davrida oqlandi

Jamiyat

image

Farg‘onada 25 yil avval bo‘hton orqasidan 2 yilga qamalib, mehnatga majburan jalb qilingan o‘qituvchi sud hukmi bilan oqlandi.

O‘zAning yozishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi kassatsiya sudlov hay’ati tomonidan Bag‘dod tuman sudining 1994 yil 20 dekabrda Tursunxo‘ja Abdurahmonovga nisbatan chiqargan ayblov hukmi bekor qilindi. Farg‘onada bo‘hton qurboni bo‘lib, sud hukmi bilan oqlangan o‘qituvchidan prokuror 25 yil avvalgi xatolik uchun uzr so‘radi.

Sudning hukmiga ko‘ra, Tursunxo‘ja Abdurahmonov bir dona qirqma ov miltig‘ini yotoqxonasidagi yostiq ostida va 41 gramm ko‘knor boshoqlarini mehmonxonasidagi deraza tokchasida qonunga xilof ravishda saqlaganlikda ayblangan va 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, mehnatga majburan jalb qilingan edi. Viloyat sudi mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqib, uni jinoyat sodir etmagan deb topdi va uni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan reabilitatsiya qildi, ya’ni oqladi. 

Sudda aniqlanishicha, o‘qituvchilar ish haqini oshirish haqida O‘zbekiston Prezidentiga murojaat qilishgani uchun maktabning ilmiy mudiri Abdurahmonov o‘sha vaqtdagi viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan uyushtirilgan bo‘hton qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Farg'ona

Baholaganlar

423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing