Farg‘onada pora olgani aytilgan YPX xodimi qochayotganda kameraga tushib qoldi (video)
3-sahifa
−
13 iyun 2022 54538 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Farg‘ona viloyatining Quva tumanida pora olib, voqea joyidan qochib ketgan YPX inspektori ko‘chadagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgani haqida xabar tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holatni o‘rganib munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 11 iyun kuni Quva tuman IIBga YPX inspektori I.K.ning xatti-harakatlari yuzasidan fuqarolar S.Z va M.H. nomidan ariza kelib tushgan. Mazkur murojaatda keltirilgan holatlarni o‘rganish jarayonida YPX inspektori I.K. o‘zini nosamimiy tutib ketib yuborgan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib prokuratura organlariga taqdim qilingan.
Hozirda tegovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust