Farg‘onada piyoda ayol YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 27 yanvar kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Fuqaro M.M. Lacetti rusumli avtomashinasini Jaloyer qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan M.A. ismli ayolni urib yuborgan.

Natijada, M.A. ismli ayol tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing