Farg‘onada paxta saqlash punktida yong‘in sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
11 may 2023
4318Kecha, 9 may kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida joylashgan paxta saqlash punktida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, soat 11:05 da Oltiariq tumani “Ibn Sino” MFY hududidagi xususiy korxonaga qarashli paxta buntida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 11:10 da yetib borgan, oradan 3 daqiqa o‘tib yong‘in qurshab olingan, 11:30 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida 1 dona 200 tonnalik paxta buntida 500 kilogramm paxta yonib zararlangan. Yong‘indan 1 dona buntdan 199,5 tonna paxta saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar