Farg‘onada ota qizini urib o‘ldirib qo‘ydi
3-sahifa
−
06 iyun 2022
22592Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida ota qizi yigit bilan mashinada uchrashgani uchun uni kaltaklashi oqibatida u vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 4 iyun kuni Uchko‘prik tumani, Turg‘oq qishlog‘ida yashovchi fuqaro Q.Sh. voyaga yetmagan qizi (2006 yilda tug‘ilgan, maktab o‘quvchisi) tungi vaqtda Spark avtomobilida bir yigit bilan yashirin ravishda uchrashuvga chiqqanligini bilib qolgan.
Ushbu holatdan g‘azablangan ota qizini bosh qismiga bir necha marotaba urgan. Olgan tan jarohati ta’sirida qiz hushini yo‘qotgan. Ota qizini yuziga suv sepib, hushiga keltirgan va boshqa o‘sha yigit bilan gaplashmasligini tayinlagan.
Shundan so‘ng, qiz yotoqxonasiga kirib ketgan va olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda Uchko‘prik tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi