Farg‘onada Nexia velosipedda ketayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Nexia-2 velosipedda ketayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 21 sentyabr kuni soat 12:00 larda Marg‘ilon shahar Usmon Nosir va Ahmad Yassaviy ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. Harakatlanib kelayotgan Nexia-2 haydovchisi avtomobil yo‘liga chiqqan velosipedchi — 2015 yilda tug‘ilgan M.A.ni urib yuborgan. 

Oqibatda M.A tan jarohati olgan. Shu vaqtda M.A.ni uning otasi va haydovchi shifoxonaga olib borgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Hozirda Marg‘ilon shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida Tracker piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona velosiped Nexia

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made