Farg‘onada Nexia urib yuborgan 64 yoshli ayol vafot etdi (video)
3-sahifa
−
02 avgust 10827 1 daqiqa
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida Nexia urib yuborgan 64 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, holat Uchko‘prik tumanining “Yoyilma” qishlog‘ida sodir bo‘lgan. 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia rusumli avtomashinasida yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. YTH oqibatida jarohatlangan ayolni haydovchining o‘zi zudlik bilan shifoxonaga olib borgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay ayol vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Uchko‘prik tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Uzun tumanida 8 yoshli qizaloq Nexia urib ketishi oqibatida vafot etgandi. Hodisaga 29 yoshli fuqaro Nexia-2 rusumli avtomashinasini boshqarib kelib, yaqin atrofda maktab borligini ko‘rsatuvchi belgi bo‘lsa ham tezlikni pasaytirmagani sabab bo‘lgan.
Live
Barchasi