Farg‘onada Nexia qarama-qarshi yo‘nalishga chiqishi oqibatida Tico haydovchisi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida Nexia-3 haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, mashinalarni quvib o‘tishi tufayli Tico bilan to‘qnashdi. Oqibatda Tico haydovchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 5 may kuni soat 16:00 larda Farg‘ona tumani “Farg‘ona-Vodil-Hamzaobod” avtomobil yo‘lining 14-kilometrida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-3 rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlanishi oqibatida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1960 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Tico rusumli avtomobil bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida Tico rusumli avtomobil haydovchisi vafot etgan. Shuningdek ikki nafar yo‘lovchilari tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Lacetti avtomashinasi urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etgandi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona yo'l-transport hodisasi Nexia-3 Tico

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing