Saudiyadagi elchixona maslahatchisi Bozorovga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
09:34 1261 1 daqiqa
Islom Akramovich Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Islom Madaminov 1992 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Farg‘ona politexnika instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Biznes va boshqaruv oliy maktabi hamda Latviyaning “ISMA” menejment oliy maktabini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Farg‘ona viloyati Turizmni rivojlantirish boshqarmasida bosh mutaxassis, Rishton tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iz Respublikasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida investitsiya menejeri (boshqarma boshlig‘i) sifatida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muzaffar Iskandarovich Qalandarov – Xorazm viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr