Farg‘onada MTM tarbiyalanuvchilari ommaviy zaharlandi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatida maktabgacha ta’lim muassasasida ommaviy zaharlanish yuz berdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Kecha, 25 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining bergan xabariga ko‘ra, Farg‘ona shahar 9-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan 11 nafar tarbiyalanuvchilar 23-24 oktyabr kunlari "o‘tkir diareya" tashhisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan.

Shifoxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvchilarda kuzatilayotgan xastalik aralash ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan funksional buzilish tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur muassasa tarbiyalanuvchilariga 2019 yil yanvar oyidan buyon "Autsorsing" tizimi bo‘yicha "Far G.T." xususiy korxonasi tomonidan mahsulotlar tayyorlanib kelingan. 

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.  

Tekshirishda ommaviy zaharlanish holati haqidagi xabar o‘z vaqtida berilmaganligi bo‘yicha mutasaddi idoralarga xizmat tekshiruvlari taynlangan.


Maqola muallifi

Teglar

zaharlanish Farg'ona

Baholaganlar

41

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing