Farg‘onada mast haydovchi urib yuborgan YPX xodimi vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida mast haydovchi YPX xodimini urib yubordi. Oqibatda og‘ir tan jarohati olgan serjant shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 31 iyul kuni soat taxminan 23:30 larda O‘zbekiston tumani “O‘qchi” MFY hududidan o‘tuvchi 40V064 avtomobil yo‘lining 20-kilometrida 1996 yilda tug‘ilgan A.E. mast holda Spark rusumli avtomashinani boshqarib kelayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda u tungi xizmatni olib borayotgan YPX xodimining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmay, uni urib yuborgan. Jabrlanuvchi Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2-mintaqaviy hudud YPX otryadi 3-safarbar guruhi YPX katta inspektori, serjant Hayitbek Karimjonov bo‘lgan.

Oqibatda serjant Hayitbek Karimjonov og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

“Uning ortidan qadrli onasi, suyukli ayoli, 2 nafar farzandlari qoldi”, deyiladi xabarda.

Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi marhumning oila a’zolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, ta’ziya izhor etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirzo Ulug‘bek tumanida Onix hamda 3 nafar YPX xodimi boshqarib borayotgan mototsikl ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar YPX xodimi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing