Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘ldi. YPX xodimi o‘ldi (video)
Jamiyat
−
17 iyul 9197 1 daqiqa
Kecha, 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Onix hamda 3 nafar YPX xodimi boshqarib borayotgan mototsikl ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar YPX xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea soat 18:30 larda sodir bo‘lgan. Poytaxtning Do‘rmon yo‘li ko‘chasi bo‘ylab 3 nafar YPX inspektorlari patrullik mototsikllarida harakatlanib ketayotgan vaqtida, G‘azalkent ko‘chasidan chorrahaga kirib kelgan Onix rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.
Qayd etilishicha, YTH oqibatida patrullik mototsiklini boshqarib kelgan 1 nafar YPX xodimi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olganlarga esa tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur YTH kortej kuzatuvi vaqtida sodir bo‘lgani to‘g‘risida noto‘g‘ri talqin kuzatilmoqda. Tarmoq vakillarida asoslantirilmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi rasmiy axborotda.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi