Farg‘onada maktab direktori ro‘molini yechmasligini aytgan o‘quvchi qizni do‘pposladi (video)
3-sahifa
−
20 may
15348Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida o‘quvchi qiz maktab direktori tomonidan do‘pposlangani tasvirlangan video tarqalgandi. Mazkur hodisaga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Buvayda tumani Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabda joriy yilning 17 may kuni algebra darsida 7-sinf o‘quvchisi N.M. (qiz bola, 2010 yilda tug‘ilgan) sinfdosh o‘rtog‘i X.X. (o‘g‘il bola) bilan og‘zaki tortishgan. Biroz vaqt o‘tganidan so‘ng, sinf xonasiga maktab direktori Q.R. (ayol) kirib kelgan. Algebra fani o‘qituvchisi unga o‘quvchilar tortishganini aytgan. Maktab direktori Q.R. qizdan sinfdoshi bilan nima uchun janjallashganini, maktabga nega diniy libosda ro‘mol o‘rab kelganligini so‘rab, ro‘molni yechishini aytgan.
N.M. maktab direktoriga gap qaytarib, ro‘molini yechmasligini bildirgan. Shundan so‘ng direktor qizni urib, unga jarohat yetkazgan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijonda 34 yoshli maktab direktori o‘rinbosari 6-sinf o‘quvchisiga tegajog‘lik qilgani xabar qilingandi.