Farg‘onada mahalla arig‘iga qon oqizgan shaxs jazolandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahridagi mahallalardan biridagi ariqqa qon oqizilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Farg‘ona shahar bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan Jo‘ydam mahallasi, Yakkatut ko‘chasida o‘rganish va nazorat ishlari olib borilgan. O‘rganish jarayonida fuqaro M.M. tomonidan uy xo‘jaligida hosil bo‘lgan suyuq maishiy chiqindilar mahalla hududidagi ariqqa oqizilayotgani aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur huquqbuzarlik yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 72-moddasi (cuv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish) 1-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaro 1 mln 236 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan. Shu bilan birga, holatning takrorlanmasligi va suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha tushuntirish va profilaktik ishlar olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘zsuv kanaliga tekstil kompaniyalari bo‘yoq qoldiqlarini oqizgani va buning ortidan “Toshkent suv ta’minoti” AJga nisbatan jinoyat ishi qo‘zgatilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona qon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing