Farg‘onada futbol o‘yinidagi to‘polon bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Farg‘onada futbol o‘yinidan keyin janjal yuz bergani, futbolchi va muxlislar hakamni kaltaklagani haqida xabar bergan edik. Farg‘ona viloyati IIB mazkur holat yuzasidan tartibsizlik keltirib chiqarganlar ushlanganini ma’lum qilgandi.

Farg‘ona viloyati IIB mazkur janjal yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, shu kunning o‘zida Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “v” bandi (ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergovga kirishilgan.

Mazkur jinoyat ishi doirasida 6 nafar shaxslar yuqoridagi modda bilan ish bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ular Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.

Shu bilan birga, ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda ishtirok etgan 5 nafar shaxslarning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlik aniqlanganligi bois, ular ma’muriy tartibda ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tergov harakatlari yakuniga ko‘ra, ishga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Mazkur holat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan. Tergov harakatlari yakuniga ko‘ra, qo‘shimcha xabar beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan Pro-liga musobaqasining yakuniy uchrashuvida “Neftchi” va “Turon” jamoasi kuch sinashdi. Unda “Turon” jamoasi 0:1 hisobida g‘alabaga erishib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona futbol

Baholaganlar

425

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing