Farg‘onada futbol o‘yinidan keyin janjal ko‘targanlar qo‘lga olindi
Jamiyat
−
01 dekabr 2020 17822 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Pro-ligaining hal qiluvchi o‘yinida Farg‘ona viloyatining ikki jamoasi - Yaypanning “Turon” va Farg‘onaning “Neftchi” jamoalari o‘rtasida o‘tgan o‘yin oxirida muxlislar maydonga chiqib ketib, ommaviy tartibsizlik ro‘y bergani xabar qilingandi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ushbu holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.
Farg‘ona viloyati IIB vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi. Hozirda barcha huquqbuzarlar ushlanib, tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmokda.
Voqeaga aloqador har bir ishtirokchining harakatiga konuniy baho beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan Pro-liga musobaqasining yakuniy uchrashuvida “Neftchi” va “Turon” jamoasi kuch sinashdi. Unda “Turon” jamoasi 0:1 hisobida g‘alabaga erishib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust