Farg‘onada firibgar tilanchilar qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida firibgarlik yo‘li bilan tilanchilik qilayotgan yigitlar aniqlanib, jazoga tortildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.

Bildirilishicha, asli buxorolik bo‘lgan ikki yigit sog‘lom bo‘lsa-da, dorixonadan nogironlik aravachasi xarid qilgan. Ulardan biri aravachada, ikkinchisi aravachani itargan holda jamoat joylarida navbati bilan tilanchilik qilgan.

“Holat hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlarining e’tiborini tortgan va ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi yigitlarning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188 prim 3 moddasi (tilanchilik qilish) 1-qismi bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi qabristonda bir nechta qabr toshlarini sindirgan erkakka 3 yillik ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona firibgar tilanchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing