Farg‘onada Cobalt Damas bilan to‘qnashishi oqibatida er-xotin vafot etdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida Cobalt va Damas ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa tumandagi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Cobalt haydovchisi atrofni tuman qoplagan bo‘lishiga qaramay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan.

Bu vaqtda ro‘paradan kelayotgan Damas uni payqamay qolgani ortidan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda Damas haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Mashina ichida bo‘lgan haydovchining turmush o‘rtog‘i esa shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Cobalt haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan ish ochilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, fuqaro 3 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilinib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Sudlanuvchi sud zalidan qamoqqa olingan. Unga tayinlangan jazoni manzil-tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 14 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida Nexia mashinasi Gentra bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgandi. Oqibatda Nexia haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yo‘lovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Cobalt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing