Farg‘onada 755 ming dollarni noqonuniy yo‘l bilan xorijga chiqarganlar ushlandi
3-sahifa
−
14 fevral
1265Farg‘onada 755 ming AQSH dollarini chetga noqonuniy olib chiqqan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Bildirilishicha, departamentning Bog‘dod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.E.” MCHJ mas’ul shaxslarining noqonuniy ishlari aniqlangan. MCHJ mas’ul shaxslari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilib, “E.I.” xorijiy korxonasi bilan transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzgan. So‘ng ushbu korxonaga 755 ming dollar o‘tkazib, pulni chetga noqonuniy yo‘l bilan olib chiqqan.
Shuningdek xalqaro transport yuk xatlarini soxtalashtirish yo‘li bilan jami 3,7 mlrd so‘m subsidiya mablag‘larini olishga erishib, pullarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Manbaga ko‘ra, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tadbirkorlarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtiri, 4 ta mashina olgan “uddaburonlar” ushlangandi.
LiveBarchasi