Farg‘onada 6 mingdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

3-sahifa

image

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 6 mingdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda an’anaviy giyohvand moddalarga nisbatan narxi arzonroq bo‘lgan sintetik narkotiklar hamda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasi ko‘paygan. Bunday vositalar asosan qo‘shni davlatlardan noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilib, yashirin ravishda sotilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro kelgusida sotish maqsadida o‘z uyida 3580 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini saqlayotgani aniqlanib, ular ashyoviy dalil sifatida olingan.

Yana bir holatda esa Qo‘qon shahrida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomobil “Qo‘qon–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib tekshirilgan. Tekshiruv davomida avtomobil saloniga yashirilgan 2520 dona “Regapen” dori vositasi topilgan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida faoliyat yuritgan noqonuniy dori ishlab chiqarish sexi fosh etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Regapen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing