Farg‘onada 5 kishini mashinada urib, qochib ketgan haydovchi 9 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida 4 nafar piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 fevral kuni fuqaro Sh.V. Sobalt mashinasini “Qo‘qon-Mulkobod-Gulbog‘-Pungan” avtomobil yo‘lining Dang‘ara tumanidan o‘tgan qismida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan 5 kishini urib yuborgan. Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida yo‘l-transport hodisasi sodir etib, voqea joyidan yashiringan haydovchi 26 yoshdaligi hamda mast holda avtomobil boshqargani ma’lum bo‘lgan. O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, haydovchi Sh.V.ning peshobi tarkibida etil spirti va kuchli ta’sir qiluvchi “tropikamid” dori vositasi mavjudligi aniqlangan.

YTH oqibatida fuqarolar O‘.I. va K.I.lar hodisa joyida vafot etgan. D.I. va O‘.Y.lar esa tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. 

Holat yuzasidan o‘tkazilgan sudda haydovchi Jinoyat kodeksining 117-moddasi 3-qismi “a” bandi (xavf ostida qoldirish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) va 266-moddasi 3-qismi “a” bandida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazo manzil-koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan mudhish YTH oqibatida 3 kishi vafot etgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona Sobalt Qo'qon-Mulkobod-Gulbog' Pungan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing