Farg‘onada 38 nafar hokim yordamchisi ishdan bo‘shatildi
Jamiyat
−
03 iyun 2022
11748Farg‘onada faoliyati davomida qoniqarsiz natija ko‘rsatgan 38 nafar hokim yordamchisi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda viloyat hokim hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aprel oyida hokim yordamchilari 3 oylik faoliyatining dastlabki natijalari tahlil qilinganda mahallasida ishsizlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan 200 dan ziyod hokim yordamchilari ham borligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan jami 205 nafar hokim yordamchilarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun 28-29 aprel kunlari ularning malakasi oshirilgan. Biroq shundan keyin ham viloyat shahar va tumanlari bo‘yicha faoliyati qoniqarsiz deb topilgan jami 38 nafar hokim yordamchilari o‘z arizasiga asosan vazifasidan ozod qilindi.
Shuningdek, ikki nafar hokim yordamchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi sud qaroriga asosan bekor qilingan.
Nilufar Isroilova
LiveBarchasi