Farg‘onada 3 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi 

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Oltiariq tumani hududidan o‘tgan “Furqat temir yo‘l bekatiga kirish” avtomobil yo‘lida Cobalt, Lacetti hamda Damas rusumli avtomobillar o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida Damas haydovchisi yengil tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. 
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatidagi temir yo‘lning qo‘riqlanmaydigan kesishmasidan o‘tayotgan Nexia’ni yo‘lovchi poyezdi urib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made