Farg‘onada 2 yoshli bolaning og‘ir tan jarohatlar olishiga sabab bo‘lgan enaga ushlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida rasmiy ravishda ishonchnoma asosida 2 yoshli bolaga enagalik qilib kelayotgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi. Ushbu enaga protsessual tartibda ushlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 5 yanvar kuni M.X. ismli ayol Jinoyat kodeksining 117-moddasi 1-qismi (Xavf ostida qoldirish) va 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “b,v” bandlar bilan gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan.

Mazkur jinoyat ishiga oid dastlabki tergov doirasida bolaning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi sodir etilgan har qanday harakatlarga to‘liq baho berilishi ta’minlanadi.

Ma’lumot uchun, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan G‘.M. ismli ayol Rossiyaga ishlash uchun ketishi sababli voyaga yetmagan qizi, 2022 yilda tug‘ilgan G‘.I.ni rasmiy ravishda ishonchnoma asosida 36 yoshli M.X.ning qaramog‘iga topshirib, 2024 yilning avgust oyida jo‘nab ketgan.

Shuningdek, ona enaga M.X.ga xizmat haqqi va bolaning kunlik sarf-xarajatlari uchun pul jo‘natib turgan.

15 noyabr kuni voyaga yetmagan G‘.I. yashash xonadonidagi zinadan tushayotgan vaqtida yiqilib, og‘ir tan jarohati olganiga qaramay, enaga ayol bolaning sog‘ligini xavf ostiga qo‘yib, uni shifoxonaga olib bormagan. Oqibatda bolaga bosh miya lat yeyishi va boshqa hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikastlar tashxisi qo‘yilgan. 28 dekabr kuni fuqaro M.X.ga nisbatan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi 1-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing