Farg‘onada 2 ta mashina to‘qnashib, piyodani urib yubordi
3-sahifa
−
18 Oktabr 2025 3833 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida Spark va Lacetti to‘qnashib ketib, ulardan biri yo‘l chetida turgan piyodani ham urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 16 oktyabr kuni soat 8:10 larda Yozyovon tumanida Mustaqillik va Andijon ko‘chalari kesishgan chorrahasida sodir bo‘lgan. Unda orqaga qayrilmoqchi bo‘lgan Spark’ka Lacetti avtomobili kelib urilgan.
Shundan so‘ng, Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan 1991 yilda tug‘ilgan piyodani ham urib yuborgan. Fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida haydovchi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 nafar maktab o‘quvchisini urib yuborgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025