Farg‘onada 150 kilogramli bomba topildi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida kutilmagan holat kuzatildi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.

Joriy yilning 7 oktyabr kuni soat 16:00 larda “Turk” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Abduqodir” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligining gilos bog‘idan shartli belgilarsiz, uzunligi 94 sm., og‘irligi 150 kg bo‘lgan aviatsiya bombasi topilgan. 

“Xayriyatki, hech kimga zarar yetmadi”, deyiladi IIV nashri xabarida.

Qayd etilishicha, ayni paytda yo‘q qilish maqsadida harbiy qismga topshirilgan bombaning bog‘da qanday paydo bo‘lib qolgani, qanchalik xavfliligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona bomba

Baholaganlar

249

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing