Farg‘onada 13 marta jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs yana jinoyatga qo‘l urdi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida muqaddam 13 marta jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaroning daromadni yashirish va soliqlarni to‘lamaslik kabi yangi kirdikorlari fosh bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, muqaddam Jinoyat kodeksining 184-moddasi bilan 13 marta jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaro A.A. soliq to‘lamaslik hamda noqonuniy daromad orttirish maqsadida boshqa fuqarolar nomiga “Q-Farg’ona” XK, “Y-binokor”, “T-stroy”, “F-best” va “M-best” nomli MCHJlarni tashkil qilgan.

So‘ng, tashkil qilingan jamiyatlarning faoliyatini amalda o‘zi yuritib, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzib, savdodan tushgan 3,2 mlrd so‘mni kirim qilmaganligi, 163,2 mln so‘m soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan holda “Q-Farg’ona” XK va “Y-binokor” MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Farg'ona

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing