Farg‘ona shahriga yangi bosh soliqchi tayinlandi
Jamiyat
−
10 fevral 2021
8947O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan, Nuriddin Ahmadjonovich Erkaboyev Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Nuriddin Erkaboyev yangi lavozimga tayinlangunga qadar, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi sho‘’basi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Nuriddin Erkaboyev 1983 yilda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan. 2010 yilda Toshkent moliya institutini "Soliq va soliqqa tortish" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Erkaboyev Nuriddin Ahmadjonovich soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.
Avvalroq, Farg‘ona shahriga hokim, prokuror va IIB boshlig‘i tayinlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi