Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryoda noqonuniy yer sotayotganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlari bartaraf etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zganing tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MCHJga qarashli, Farg‘ona shahridagi aksiyadorlik tijorat banklaridan birida garovda turgan 12 sotix yer maydonini 130 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 109 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Samarqand viloyatida esa Urgut tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro tumandagi g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning sug‘oriladigan yer maydonidan 50 sotixini 80 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, kadastr idoralaridagi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, kelishilgan pul mablag‘idan 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Qashqadaryo viloyatida Qarshi tumani hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari chorvachilik yo‘nalishida foydalanish maqsadida fuqaroga tuman hokimligi zaxirasidagi 25 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida ishlab chiqarish faoliyati uchun ajratilgan yer maydonini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Qashqadaryo Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing